7/16/12

Cookies


A young lady was waiting for her flight in the
boarding room of a big airport. As she would need to
wait many hours, she decided to buy a book to
spend her time. She also bought a packet of cookies. She sat down in an armchair, in the VIP room of the
airport, to rest and read in peace. Beside the armchair
where the packet of cookies lay, a man sat down in
the next seat, opened his magazine and started
reading. When she took out the first cookie, the man took one
also. She felt irritated but said nothing. She just
thought: “What a nerve! If I was in the mood I would
punch him for daring!” For each cookie she took, the man took one too. This
was infuriating her but she didn’t want to cause a
scene. When only one cookie remained, she thought:
“ah… What this abusive man do now?” Then, the
man, taking the last cookie, divided it into half, giving
her one half. Ah! That was too much! She was much too angry
now! In a huff, she took her book, her things and
stormed to the boarding place. When she sat down in
her seat, inside the plane, she looked into her purse
to take her eyeglasses, and to her surprise, her
packet of cookies was there, untouched, unopened! She felt so ashamed! She realized that she was
wrong… She had forgotten that her cookies were
kept in her purse. The man had divided his cookies
with her, without feeling angered or bitter. “While she had been very angry, thinking that she
was dividing her cookies with him. And now there
was no chance to explain herself, nor to apologize.”

KIBERTOBELIK: XAVFLI!!!


Ko'pchilik internet kengliklarida sayohat qila turib, odamlar bilan yuzma-yuz muloqot o'rnini asta sekin virtual olam egallab borayotganini sezmay qoladi...
Internetda foydalanuvchilarning 15 % i o'zlari ham bilmagan holda uning "to'ri"ga ilinganlar. Ular orasida nafaqat yolg'iz va o'ziga ishonmagan O'SMIRlar, balki kattalar ham bor. Bu toifadagi insonlar yana internet tarmog'iga kirishni intiqlik bilan kutadilar, axir bu yerda muammolar yo'q, seni doim tinglashadi...
Inson internet tarmog'idagi muloqot davomida suhbatdoshi haqida 35% ma'lumot oladi xolos. U haqidagi tasavvurlarning 65% i esa qorong'uligicha qoladi.


TOBELIKNING SABABLARI
Internet domiga tushish turlicha yuz beradi. Hammadan ko'proq tobelikka quyidagilar sabab bo'ladi:
-Onlayn o'yinlar: odamlar bilan huddi komputerda o'ynagan kabi o'ynash mumkin (bunda insoniy xissiyotlar yo'qolib boradi).
- Forum va jamiyatlar: qiziqishlari bitta bo'lgan kishilar bilan qarindoshdek yaqin bo'lib ketishadi.
-Chatlar: Notanish kishilar bilan suhbatlar o'zgacha huzur baxsh eta boshlaydi.


ASOSIY BELGILARI
Inson o'zining internetdan shunchaki foydalanib qolmay, onlayn hayotda yashayotganini qanday bilish mumkin? Internet to'riga ilinganlikning asosiy belgilari quyidagilar:
-Agar tarmoqqa bir kunda 3martadan ko'p kirsa;
- Ovqatlanish vaqti sezilarli kamaysa;
- Yaqinlari unga internetda uzoq o'tirishdan arz qila boshlasa;
- Shaxsiy uchrashuvlardan ko'ra onlayn muloqotlari ko'paysa;
- Navbatdagi onlayn-sessiyani kutish zavq bera boshalsa;
- Kechki ovqatlanishni, uy ishlarini bajarishni keyinga qoldirsa;
- Tarmoqqa kirolmagan vaqtda asabiylasha boshlasa;
- Tarmoqqa sirli ravishda, hech kim yo'zligida kirish istagi tug'ila boshlasa. 


BUNING ZIYONLARI
-Eng birinchi o'rinda internetdan ko'p foydalanish iqtisodiy tomondan anchagina chiqimni keltirib chiqaradi.
- Qimmatli vaqtingizni ko'kka sovurgan bo'lasiz. Shuni unutmangki, har bir narsaning o'z hisobi, javobgarligi bo'ladi.
- Sog'lig'ingiz yomonlashadi: ko'rish qobiliyati pasayadi, umurtqada qiyshayishi va mushaklardagi  og'riqlar, yurak qon-tomir kasalliklari...
- Real hayotdagi muloqot layoqati yo'qola boshlaydi va hokazo.


QARSHI KURASHISH USULLARI
Avvalo sizda yuqoridagi belgilar topilgan bo'lsa, yoki buni o'zingiz sezgan bo'lsangiz, zudlik bilan tobelik kuchayib ketishini oldini oling. Buning uchun:
- Real hayotdagi yaqinlaringiz, do'stlaringizga bo'lgan e'tiboringizni kuchaytiring, ular bilan ko'proq real muloqotda bo'ling.
- O'zingizga biror qiziqarli mashg'ulot toping, kitob o'qing, biror hobbiy bilan mashg'ul bo'ling, va hokazo.
- Kundalik tuting va unga qiladigan real ishlaringizni qat'iy belgilab oling.
- internetdagi vaqtingizni aniq qilib belgilab oling, kun sayin ushbu vaqtni kamaytirib oling. Ma'lum vaqtga budilnik, yoki ovozli signal belgilang.
- Hayotingizda tez-tez internetsiz kunlarni o'tkazib turing, shu usulda sabringizni sinang. Internetsiz yashay olishni o'zingizga ko'rsatib qo'ying.
- Agar internetdagi yaqinlaringizdan, do'stlaringizdan voz kechishga ko'zingiz qiymasa, ular bilan real hayotda munosabatingizni davom ettiring.

7/15/12

Solih farzand (Arab mamlakatlarining birida sodir bo'lgan hayotiy voqea)


Bir zalolatda yurgan ota qanday qilib ibodatga kirganligi, qaysi yo'ldan o'zini saodat yo'liga urib, yaxshi insonlar qatoriga qo'shilib, boshidan o'tgan qismatlarini hikoya qiladi.
Men o'zimning nafsimga qul bo'lgan bir zot edim. Maishat degan joyda, qimor degan joyda, ichkilik degan joyda o'zimni to'xtatolmasdim. Odamlarning orqasidan mazax qilish, odamlarni tahqirlash, ko'pchilikning ortidan kulishni yaxshi ko'rardim. Bir kuni navbatdagi ulfatchilikdan ulfatlarim bilan ko'chaga chiqdik. Mast holatdaman, kayf g'olib kelgan, o'rtada shayton bor. Ko'chaga chiqsam, uzoqdan ko'zi ko'r, oyog'i cho'loq, nogiron bir odamni paypaslab kelayotganini ko'rdim. Shayton yo'ldan urdimi, yo kayf g'oliblik qildimi, ulfatlarimga qarab: "Hozir bir tomosha ko'rsataymi? To'yib-to'yib kulasizlar", degan gapni gapirdim. Haligi kelayotgan bechora nogiron odamni oyog'im bilan chalib yiqitdim. Yerga yiqilgan nogiron, ko'zi ko'r, cho'loq odam o'rnidan turolmasdan, devorni ushlab, paypaslab turganligini ko'rib miriqib-miriqib kuldik.
Tong otarga yaqin xonadonimga qaytsam, ayolimning to'lg'oq tutib turgan, oy-kuni yaqinlashib qolgan payti ekan. Tug'ruqxonaga ketdik. Ikki soatdan keyin o'g'il tug'ildi. Xabar bo'ldiki, "o'g'il ko'rdingiz, lekin ketishingizdan oldin shifokorning huzuriga kirar ekansiz, doktorlarning sizga aytadigan gaplari bor ekan". Doktorning xuzuriga kirdim. Oldiniga tabriklab: "Alloh sizga o'g'il ato qildi, muborak bo'lsin. Lekin bir noxush xabar bor. Tug'ilgan bolangiz ikki ko'zi ko'r, tug'ma cho'loq holatda tug'ildi" degan gapni aytishdi. "Yo rabbim! Kecha bir insonni nohaq tahqirlab, oyog'im bilan chalib yiqitgan edim, bugun o'zimning boshimga qaytarib qo'yding. Bir insonning ustidan kulgan edim, bugun shu ishni farzandimdan qaytarding!" dedim. Dardim ichimda qoldi, birovga ayta olganim yo'q.
Bola sanoqli kunlardan keyin xonadonga qaytib keldi. Tug'ruqxonadan chiqdi. Unga Solim deb ism qo'ydik. Lekin biror marotaba shu farzandim ekan deb bag'rimga bosganim yo'q. Boshqa otalarga o'xshab farzandini erkalab ko'chalarda aylantirgan, bir otalarga o'xshab qo'lidan yetaklab yurganim yo'q. Otalik mehrini berganim yo'q. O'zimning zurriyotim bo'lgan farzanddan o'zim jirkandim. Cho'loq, nogiron, ko'zi ko'r bolani qo'limga olganim yo'q. Bola kundan-kunga ulg'aydi...
Yana ikki o'gil ko'rdik. Umar va Xolid deb o'g'illarimizga ism qo'ydik. Men hamon zalolatdaman. Hamon noto'g'ri yo'ldaman. Ayolim Allohga iltijo qiladi, namozlarda yig'laydi: "Parvardigor, shu zalolatda yurgan erimga insof bergin! O'zing hidoyatingga boshlagin! To'g'ri yo'lga o'zing yetaklagin! Tog'ri yo'lni ko'rsatgin!" deb Xudodan so'raydi.
Nihoyat, hidoyatga chiqadigan kunim boshlandi. Bu juma kuni edi. O'g'lim Solim, oyog'i cho'loq, ko'zi ko'r, nogiron bolam o'n yoshga to'lgan payti edi. Ertalab uyqudan turib, navbatdagi ulfatchilikka ketaman deb tursam, o'g'limning yurakni ezadigan darajada yig'lab turganini eshitdim.
-Solim, nimaga yig'layapsan?
-Ukam Umarni kutib turgandim, kechikib qoldi.
-Ukang Umarni onang biror-bir yumush bilan bir joyga yuborgan bo'lsa kerak.
"Ukang senga nima uchun kerak bo'lib qoldi?" degan gapni gapirsam, yana qattiqroq yig'lab, yurakni ezadigan holatda yig'ladi. Orqamga qaytib yana so'radim:
-Solim, ukang Umar nima uchun kerak edi?
-Ota, vaqt o'tib qoldi, Umar kechikib qoldi. Men bugun niyat qilgan edim, Allohdan so'ragan edim! Juma namoziga borib, birinchi safda o'tirib, birinchi safning savobiga ega bo'lishdan Allohdan umidvor bo'lgan edim. O'zim nogironman. Oyog'im cho'loq, ko'zim ko'r. Imkon bo'lganda o'zim yurb borgan bo'lardim. Ko'zim bu dunyoni ko'rmaydi, ukam yetaklab olib boraman degan edi. Va'da qilgan edi, lekin Umar kechikib qoldi.
"Oh, Parvardigor! Bu bolani ko'r qilganmisan, yo meni ko'r qilganmisan? Ko'zi ko'r bo'lsa ham qalbini ochib qo'yibsan-u, murg'ak bir bola, farzandim, zurriyotim nogiron bo'lsa ham, oyog'i cho'loq, ko'zi ko'r bo'lsa ham, birinchi safga borib, juma namozining savobidan umidvor bo'lib, birinchi safda ibodat qilishni niyat qilsa-yu, men otasi bo'lib, dunyoga kelib, to'rt mucham salomat bo'lsa, ko'zim butun bo'lib dunyoni ko'rsam-u, nima uchun birinchi saf u yoqda tursin, oxirgi safda o'tirish ham dilimga kelgani yo'q? Nimaga meni bunchalik gumroh qilding, Parvardigor!" dedim.
Bolani yolg'iz qoldirib ketishga vijdonim qiynaldi. Shunda niyat qildim.
-Solim, men hozir tahorat qilaman, qo'lingdan yetaklab o'zim juma namoziga olib boraman.
-Ota, qo'ying, ustimdan kulmang. Siz juma namoziga bormaydigan insonsiz, yo'q!
-Bolam, men qo'lingdan yetaklab o'zim olib boraman deb niyat qildim.
Tahorat olib, Solimning qo'lidan yetaklab masjid tomon bordik.Borsak, jamoat ichkari ham, tashqari ham to'lgan holatda. Subhanalloh, mana shu bolaga birinchi safdan joy topildi. Birinchi safga o'g'limni o'tkazib, orqasidan o'zim tiz cho'kib namozni ado etdik. Qarab tursam, nogiron, ko'zi ko'r, cho'loq bolam devorlarni paypaslab bo'lsayam, o'rnidan turib, ibodat qilib, boshini sajdaga qo'yib turibdi. Juma namozi intihosiga yetganidan so'ng, "Solim, o'rningdan tur, endi uyga ketamiz" desam, "ota, Qur'onni olib bering. Qur'ondan Kahf surasini ochib bering, men surani tilovat qilib o'rnimdan turaman" dedi. Qur'onni olib, Kahf surasini ochib qo'liga berdim. Ko'r bola qanday qilib o'qir ekan desam, Qur'onni yodlab bo'lgan ekan! Kahf surasini boshidan oxirigacha oyatma-oyat o'qib, Qur'onni nihoyasiga yetkazganida, bolam Qur'onni o'qib turibdi-yu, ko'zimdan yosh to'kilib turibdi. "Ko'zini ko'r qilgan bo'lsang ham qalbini ochib, qalbiga kalomingni jo qilib qo'yibsan. Men salomatman, ko'zim ochiq bo'lsa ham, Qachon Qur'onni oxirgi marta qo'limga olganimni o'zim bilmayman. Shunchalik meni gumroh qilib, muhr bosganmisan, rabbim!" deb yig'lab turdim.
Bir mahal ko'zimni silab turgan yumshoq qo'lni sezib qoldim. Qarasam, Solim ko'zlarimdan oqib turgan yoshni qo'li bilan artib, menga qo'shilib yig'lab turganligini sezdim. O'sha kuni ota-bola bahtiyor bo'lib uyimizga qaytdik. Meni zalolatdan qaytib, hidoyatga birinchi qadam qo'ygan kunim, boshim sajdaga tegib, halol bilan haromni farqiga borgan kunim, mana shu farzandim menga sababchi bo'lgan kun!
Ahli ayolim, xonadon, qavmu-qarindoshlar xursand. Eski ulfatlardan voz kechib, yangi do'stlar orttirdim. Imonning halovatidan qalbim bahramand bo'lib, boshimni sajdaga qo'ydim. Shu bolamga mehrim boshqacha bo'lib ketdi. Yoshligida biror marta bolam deb bag'rimga bosmadim. Otalar kabi erkalaganim yo'q. Shu bolaga umuman qaramadim. Lekin shu farzandim qo'limdan yetaklab meni hidoyatga boshladi. Bolaga mehr boshqacha bo'ldi...
Bo'nimga safar vojib bo'lib, uch oydan ortiq uzoq bir mamlakatga ketdim. Har kuni telefon orqali gaplashib, "o'g'lim Solim qanaqa?" deb so'rayman. Lekin Solimning ovozini eshitmayman. Ahli ayolim, bolalarim, Solim maktabda, yoki madrasada deb aytishadi, lekin Solimning ovozini eshitolmayman. Bir marotaba bo'lsa ham ovozini eshitsam armonim yo'q deb Allohdan so'rardim. Uyimga qaytishga bir hafta qolganda yana sim qoqdim. Ayolim telefonni olib, Solim yaxshimi degan savolimga, inshaalloh, deb javob berdiyu, lekin mayusgina gapirgan ovozidan hayron bo'ldim.
Oradan bir qancha kunlar o'tib, xonadonimga keldim. Ko'chada kelayotganimda, "hozir eshikni taqillatsam-u, meni zalolatdan qaytarib, hidoyatga boshlagan o'g'lim Solim eshikni ochsa, to'yib-to'yib bir bag'rimga bossam" degan niyat bilan keldim. Eshikni ayolim ochdi. Umar, Xolid o'g'illarim kelib ko'rishganlaridan keyin Solimni qidira boshladim. Solim qani deb savol qilsam, o'g'lim Umar mayuslik bilan: "ota, eshitmadingizmi? Siz safarga ketganingizdan so'ng akamiz Solim omonatini topshirdi. Dorul baqoga rihlat qildi..." degan gapni aytganda, boshimda chaqmoq chaqqandek bir narsa charsillab ketdi. O'zimni har tomonga urib yig'lay boshladim.
Parvardigor! Bir farzandi solihni menga ato etib, meni zalolatdan qaytarib hidoyatga boshlagan, jannatga xujjat, do'zaxga parda bo'ladigan bir farzandni ato etgan ekansan, meni uni qadriga yetmabman. Bolamni bir ko'raman deb kelsam, bu farzandim ham dunyodan ko'z yumibdi. Yo rabbim! Bu bolaning oyog'ini cho'loq qilib yaratding. Lekin bu aslida cho'loq emas! Rostda yurgan, hidoyatda yurgan, Alloh buyurgan to'g'ri yo'lda yurgan odamning oyog'i cho'loq bo'lmaydi! Oyog'ini butun qilib qo'ysang-u, lekin to'g'ri yo'ldan adashsa, zalolatda yursa, yomonlikda yuradigan bo'lsa, uning oyog'i xaqiqiy cho'loq! Bu bolaning ko'zlarini yumib qo'yding, ko'r qilib qo'yding. Lekin bu aslida ko'r emas- qalb ko'zini ochib qo'ygan eding, Parvardigor. Ikki ko'z ochiq bo'lsa-yu, harom bilan halolning farqiga bormasa, ko'z ochiq bo'lsa-yu, qalb ko'zi ko'r bo'lsa, bu inson xaqiqiy ko'r bo'ladi! O'g'limga qisqacha umr berding, lekin mazmunli umr berding. Qisqacha umr kechirdi, lekin insonlarga ibrat bo'ladigan umr kechirdi. Parvardigor, shundoq bir gumroh bo'lgan mendek otani sen kechirgin! Bolam Solim, Alloh seni o'z rahmatiga olsin! Mendek otadan rozi bo'lgin!

Sizga xorijiy tillarni o'rgatib bo'lmaydi. N. Zamyatkin (kitobning qisqacha xulosalari)


*Hech kim, hech qachon, hatto Eng yaxshi sharoitlar yaratib berganda ham sizga hech bir tilni o'zingizga o'zingiz o'rgatganingizdek o'rgata olmaydi.

*Bir kunda bir necha soat shug'ullanish bilan hech qaysi tilni o'rganib bo'lmaydi.

*Hayotda nimagadir erishishning yana bir sharti o'zingizni noshud deb hisoblashga barham berishdir.

*Lug'at bu til emas.

*Raqamlarni hech qachon tartib bo'yicha yod olmaslik kerak.

*Bizning til o'rganish borasidagi eng yaxshi ustozlarimiz bolakaylardir.
Chunki bolalar til o'rganishning eng to'g'ri va tabiiy usulini biladilar.

*Matnlarni hech qachon ichingizda yoki pichirlab talaffuz qilmang.
Hamisha baland ovozda o'qing.

*Katta ishlarga qodir odamlar kichik ishlarni albatta eplaydi.
MIYAMOTO MUSASI

*Pastdan yuqoriga chiqish hech qachon oson bo'lmaydi.

*Birinchi qadamni qo'yishda shoshilmaslik va ehtiyot bo'lish darkor.

*So'zlarni ilk davrda qanday talaffuz qilgan bo'lsangiz, shunday muhrlanadi.

*Tinglash- yozuv va talaffuzdagi farqni ajratishga yordam bersa, baland ovozda takrorlash yodlab qolish va chiroyli talaffuz qilishda yordam beradi.

*Hamma yurayotgan va juda kam samara beradigan yo'llardan qochish va ko'nikmaga aylanib qolgan siyqa usullardan ehtiyot bo'lish kerak.

*Daholar ergashmaydilar, daholarga ergashadilar!

*Til o'rganish- ilhom, qobilyat, san'at degani, aslo ilm emas!

*Hech qachon o'zingini o'zingiz aldamang.

*Bir kunda kuchingiz qanchaga yetsa, shuncha shug'ullaning.

*Har kuni o'zingizga imtihon topshiring.

*Nimani astoydil qidirsangiz, albatta  topasiz.

*O'zingizga javob berolmasangiz tilni tinch qo'ying.

*Biror tilni, masalan, ingliz tilini o'rganayotgan odam inglizcha ajablanishi, savolni ham inglizcha ohangda tasdiqlashi yoki inkor etishi kerak.

*Matn o'qiyotgan paytda baland ovoz uyquchanlikni yengishga ko'mak bera oladi.

*Dangasa miyaga yengilmaslik uchun harakatlarimizga erkinlik berishimiz lozim.

*Tilni harakatsiz, o'tirgan holda o'rganmagan ma'qul.

*Biror mashg'ulot paytida qattiq uyqu bosaversa, 20 daqiqa mizg'ib olish mumkin.

*Siz o'zga tildagi so'z turkumlarining nomlarini, kelishiklar, qo'shimchalar, ilmiy atamalar bilan miyangizni to'ldirmagan holda ham o'sha tilni muvaqqatli o'rgana olasiz.

*Lekin grammatik jadvallarga bir ko'z yugurtirib chiqishning zarari yo'q.

*Grammatika tildan yaralgan, til grammatikadan emas!

*O'z tilingizda gapiradigan odamlar bilan muloqotni kamaytiring.

*Til o'rganish davrida o'zingizni rohiblardek tuting.

*Kim qancha ko'p til bilsa, o'shancha ko'p hayotlarda yashaydi.

*Diqqatni jamlay olmaslik bizning asosiy dushmanimizdir.

*Tahsil olish paytida har 30-40 daqiqadan so'ng peshonani va quloqlarni albatta uqalab turing.

*Tushunmay qolgan so'zlarni o'tkazib yubormang.

*Chet tilini o'rganishning asosiy shartlaridan biri- o'qish.

*Faqat o'zingizga qiziq bo'lgan kitob o'qing.

*Iloji bo'lsa katta hajmli asarlarni o'qing.

*Lug'atdan foydalanishni keskin kamaytiring.

*Komputerdan o'qishni maslahat bermagan bo'lardim.

*Asarda ilgari surilgan g'oyani to'liq anglashga harakat qiling.

*O'qilgan asar haqida taasurot va xulosalaringizni yozib qo'ying.

*Tarjima orqali biror-bir tilni o'rganib bo'lmaydi.

*Ishni shunday tashkillashtirish kerakki, toki qisqa vaqtlar ichida o'rganuvchi boshlagan ishining kichik bo'lsa ham natijasini ko'rib quvona olsin.

*Sizning birgina hamkoringiz bor, u ham bo'lsa o'zingiz!

*Hech qachon boshqalardan maqtov yoki rag'bat kutmang.

*Shuni unutmangki, ot minishni o'rganish, otning qimmat yoki arzonligiga bo'gliq emas.

Agar biror izoh kerak bo'lsa yoki tushunmovchilik kelib chiqsa, komment yozib qoldirishingiz mumkin.