Hikmatlar


Hammaga do`st bo`lgan odam hech kimga do`st emas.
Arastu

***

Dunyoning qiyinchiliklari to’rtta: g’urbatda kasallik, qarilikda yolg’izlik, hech narsasi bo’lmaganda qarzdorlik, safarda uzoq yo’l.
Ibn Mikaffa

***

Haqiqiy do`st boshga kulfat tushganda bilinadi.
Ezop

***

Yolg`on ham ichkilikbozlikning o`zi. Yolg`onchi o`layotganda ham yolg`on gapirib o`ladi.
Chexov

***

Iymon - ko'rolmaganlariga ishonmoq, bu iymonning mukofoti esa ishonganlarimizni ko'rishligimizdir.
Avgustin

***

So'zlagan vaqtimda og'zimdan yomon so'zlar ham chiqib ketishi mumkin. Dushmanim esa og'zimdan chiqqan yomon so'zlarnigina terib oladi. Chunki dushmanning nazari yomondan bo'lakka tushmaydi."
Sa'diy Sheroziy

***

Dunyodagi eng sergap odamlar bekorchilardir.
Pavlenko

***

Kelish va ketish - hayot va hurriyat. To'xtab qolish esa o'limdir.
Qobus

***

Iymon bir muazzam saroy desak, uning ichiga kirmoq uchun yurib borish kerak, balki tikanzorni yalangoyoq bosib o‘tishga to‘g‘ri kelar.
Tohir Malik 

***

Birovni o`rgatishingga o`zing o`ganishing uchun lozim bo`lgandan ko`ra ham ko`proq aql kerak.
Mishel de Monten 

***

Biron-bir narsani bajarolmayman deb ko`ngilga keltirdingizmi, shu paytdan boshlab uni amalga oshirish g`oyat mushkul bo`lib qoladi.
Benedikt Spinoza 

***

Buyuk saodatlar buyuk iztiroblarning yonidadir.
Erhan Bener

***

1. Osmondan og'irroq - pok kishiga bo'hton qilmoq.
2. Yerdan kengroq - haqiqat.
3. Dengizdan boyroq - qanoatli kishining qalbi.
4. Toshdan qattiqroq - munofiqning qalbi.
5. Olovdan issiq - zolim podshoh.
6. Muzdan sovuq - pastkashga muhtoj bo'lmoq.
7. Zahardan achchiqroq - sabrdir.
Ali ibn Abu Tolib r.a.

***

Bir boy davlatmandligidan kerilib, shayxga debdi:
- Sizga qancha pulu oltin kerak bo‘lsa, mana mendan so‘rang!
- Yo‘q, - debdi shayx. – Men qulimning qulidan narsa so‘ramayman.
- Ie, qanaqasiga sizga qul bo‘lay? – darqaxr bo‘libdi boy. Shayx javob beribdi:
- Nafs mening qulim, sen esa nafsning qulisan!.

0 Fikr va mulohazalar.:

Post a Comment