Maqollar

— Kambag’allik – janjallar ildizi.

— Qiyinchiliksiz baxtga erishib bo’lmaydi.

— Bekorchilik shaytoniy fikrlarni keltirib chiqaradi.

— Burni yo’qqa oyna ko’rsatsang jahli chiqadi.

— Boyga yashash maza, kambag’alga nafas olish ham qiyin.

— Boylik bulutning soyasi kabidir.

— Boylik – ahmoqning o’yi, ezgulik – yaxshining.

— Chang sochib, oyni to’solmaysan.

— Tezda bitgan ish yaxshi bo’lmaydi.

— Yo’qchilikda do’stlar bo’lmaydi.

— Kuchsiz odam darg’azab bo’ladi.

— Qog’oz qayiq bilan daryoda suzolmaysan.

— Suvda timsoh bilan olishma.

— Kuch – birlikda.

— Kimning vijdoni bo’lmasa, unga omad yor bo’lmaydi.

— Qiyinchilikda vaqt sekin o’tadi.

— Ko’r kechqurunda uzoqni ko’radi.

— Qarg’a dono bo’lgani bilan chiqindi titadi.

— Qarg’ani atirgulli suvda cho’miltirsang ham qora qanoti oqarmaydi.

— Tabibda burgutning ko’zi, sherning yuragi, ayolning qo’li bo’lishi kerak.

— Hunarning osoni yo’q.

— Timsohning og’zidan qutulib, yo’lbarsga tutildi.

— Qadrlovchi bo’lmagan joyda gavharning qadri yo’q.

— Qahramonlikni ko’kka ko’tarish shart emas.

— Sopol tuvak sopol ko’zani maqtarkan.

— Axmoqlik qo’rquv bilmaydi.

— Lablar, qo’llar, ko’kraklar – hamma ayolda bir, ammo har birining o’z yuragi bor.

— Agar hasharotlar ko’p bo’lsa, hatto kalondimog’ ilonni ham nobud qiladi.

— Daryo bo’yida yashasang ham timsoh bilan do’st bo’lolmaysan.

— Kun shafaq bilan tugaydi, tun tong bilan tugaydi. Xursandchilik g’am bilan tugaydi, g’am quvonch bilan tugaydi.

— Pulga Xudoga sajda qilgandan ko’p egiladilar.

— Daraxt uni kesib tashlagani kelgan odamga ham soyasini ayamaydi.

— Daraxtni mevasidan biladilar.

— Bolalar bir otadan, lekin fe’li ko’pchilikdan.

— Qimmatbaho toshga iflos tegsa ham bahosini yo’qotmaydi.

— Axmoq gapirmasdan avval aqlli ko’rinadi.

— Qalb bitta, xohishlar esa mingta.

— Shamol bo’lmasa daraxt qimirlamaydi.

— Ayol, shamol va omad doimiy turmaydi.

— Bitta guldan chambar qilib bo’lmaydi.

— O’rmondagi bitta yomon daraxtga o’t tushsa, hammasi baravar yonadi.

— Ba’zida ko’r ham bedanani tutib olishi mumkin.

— Taqiqlangan narsaga yurak tortaveradi.

— Har narsaning o’z vaqti bor.

— O’z farzanding tarbiyasiz, xunuk, aqlsiz, buzuq bo’lmasin – baribir yuragingdan quvonasan.

— Baqalar gapga kirishganda, yaxshisi sen jim tur.

— Birovga maslahat berishga kelganda hamma dono bo’lib ketadi.

— Quyosh chiqishi bilan yulduzlar g’oyib bo’ladi.

— O’lim kelayotganda it ham ibodatxonaga shoshiladi.

— Xudo kimni jazolamoqchi bo’lsa, uni aqldan qisib qo’yadi.

— Go’zallik uchun pardoz kerak bo’lmaydi.

— Kim bedor bo’lsa, unga xavf yo’q.

— Chanqagan odam daryoning qurigan o’zanini ham qazishga tayyor turadi.

— Kim jahlga jahl bilan javob bermasa, o’ziniyam boshqaniyam saqlab qoladi.

— Sher yeyishga hech narsa qolmasa ham o’t yemaydi.

— Xushomad — eng bozori chaqqon mol.

— Ahmoq bilan do’st bo’lguncha, dono bilan dushman bo’l.

— Bekorchilikdan tekinga ishlash afzal.

— Ahmoq do’stdan aqlli dushman afzal.

— Odam uchun eng yaxshi dori – odam.

— Kam gapirib, ko’p fikr qil.

— Tabib o’zi bemor bo’lsa, boshqalarni qanday davolasin?

— Sukut yolg’on so’zdan afzal.

— Aqlli insonlar vaqtini nazm va fan bilan, ahmoqlar g’iybat, tush va janjal bilan o’tkazadi.

— Aqlli insonlar yo’qotilgan, o’lgan va o’tgan narsalarga achinmaydilar.

— Toza joydagi kir xunuk ko’rinadi.

— Tilida asal – yuragida zahar.

— Ichkilik boshlanishi bilan aql yo’qoladi.

— Shirinlikni bir o’zing yema, bir o’zing ishni hal qilma, bir o’zing sayohatga chiqma, uxlayotganlar orasida bir o’zing bedor bo’lma.

— Joyiga ekilmagan ekin meva bermaydi.

— Shirin kalom asaldan shirin.

— O’lmasdan jannatni ko’rolmaysan.

— Muloyimlik terining yumshoqligi bilan emas, xulq-atvor bilan o’lchanadi.

— Agar qalbingda zarracha ezgulik yo’q bo’lsa, hech bo’lmasa o’zingni yaxshilardek tut.

— Adolatdan ortiq ezgulik yo’q, yolg’ondan ortiq nuqson yo’q.

— Odamni ezgu kalomdan ortiq hech narsa ruhlantirolmaydi.

— Yangi xizmatkor sherni ham o’ldirishi mumkin.

— Umid – kashfiyotning onasi.

— Bulut shamolga teskari yurmaydi.

— Bir gapirsa – o’n quloq soladi.

— Olmos ohaktoshdan farqlangani kabi, odam bilan odamning ham farqi bor.

— Bitta mash’al bilan dengizni yoqib bo’lmaydi.

— Ikkita “men senga beraman”dan, bitta “ol” yaxshi.

— Oltindan bo’lgan kishan ham og’ir.

— Bedana uni osmonga otganning boshiga qo’nadi.

— Vaqti kelganda ahmoqqa ham xushomad qiladilar.

— Avval o’zingni yeng, so’ng dushmanlaringni.

— O’z-o’zini yengish boshqalardan yengilishdan xayrlidir.

— Aybdor doim ikkilanishda yuradi.

— Vaqtlar o’tadi, do’st dushmanga, dushman do’stga aylanadi.

— O’z ishing uchun narigi sohilga ham suzib borasan.

— Toza ko’ldan iflos suv oqadimi?

— Olifta ahmoq majlisda so’z ochmasdan avval yarqirab ko’rinadi.

— Sarf ozu, maqsadlar osmonda.

— Tashlandiq uy bilan aloqa qilmaydilar.

— To’g'riso’z odam bilan do’stlash, laganbardordan ehtiyot bo’l.

— Eng muhimi – o’z ishing.

— Birovning boyligi va o’zingning aqling doim orttirib ko’rsatiladi.

— O’z vaqtida bajarilmagan ish – qilinmagan bilan barobar.

— O’z uyida timsoh filni ham yengadi, uyidan chiqqanda esa itdan ham qochadi.

— Qancha soz bo’lsa, shuncha musiqa yangraydi.

— Insonda qancha fazilat bo’lsa, shuncha kamchilik ham bor.

— Odam qancha bo’lsa, aql ham shuncha.

— Qancha urinsang ham qarqaraga gapirishni o’rgatolmaysan.

— Ko’r ko’r bilan gaplashsa, doim xafa bo’ladi.

— Oldin ishla, keyin talab qil.

— G’am kelganda dalda bo’lish qurg’oqchilikda yomg’ir yoqqanga o’xshaydi.

— Qari to’tini hech narsaga o’rgatolmaysan.

— Halokat kelmasidan oldin undan qo’rq.

— Nishon ikkita, o’q bitta.

— Kamondan otilgan o’q qaytmaydi.

— Butunga erishaman deb yarimdan qolma.

— Baxtliga hamma baxtli ko’rinadi.

— Yo’lbars va qo’y bir daryodan suv ichadi.

— Guldurak bo’lgan bilan yomg’ir yog’avermaydi.

— Haqiqiy usta tajriba bilangina mahoratga erishadi.

— Ajriqdan to’qilgan arqon bilan filni ham jilovlash mumkin.

— Ahmoqning oqargan sochi quyoshdan.

— Zarba doim og’riyotgan joyga tushadi.

— Qulay vaziyatni qo’ldan boy berma.

— Mo’tadillik – katta boylik.

— Aqlliga – ta’zim, ahmoqqa – tarsaki.

— Charchagan tuya karvonsaroyga shoshiladi.

— Inson qadri o’lgandan so’ng bilinadi.

— Ibodatxonaga borgan bilan odam yaxshi bo’lib qolmaydi.

— Ming marta o’qitgandan bir marta ko’rsatgan yaxshi.

— Yer ustida nima bo’lsa, ostida ham shu bor.

— Uyga o’t ketganda quduq kovlashdan foyda yo’q.

— Tuhmat qilish uchun ham qobiliyat kerak.

— Birovning boshi oshqovoqqa o’xshaydi.

— Oyoqdagi tikanni tikan bilan olinadi.

— Tilni yuganda ushlash kerak.

— Chaqimchining tilini tutolmaysan.

0 Fikr va mulohazalar.:

Post a Comment