*Hech kim, hech qachon, hatto Eng yaxshi
sharoitlar yaratib berganda ham sizga hech bir tilni o'zingizga o'zingiz o'rgatganingizdek o'rgata olmaydi.
*Bir kunda bir necha soat shug'ullanish
bilan hech qaysi tilni o'rganib bo'lmaydi.
*Hayotda nimagadir erishishning yana bir
sharti o'zingizni noshud deb hisoblashga barham berishdir.
*Lug'at bu til emas.
*Raqamlarni hech qachon tartib bo'yicha yod
olmaslik kerak.
*Bizning til o'rganish borasidagi eng
yaxshi ustozlarimiz bolakaylardir.
Chunki bolalar til o'rganishning eng
to'g'ri va tabiiy usulini biladilar.
*Matnlarni hech qachon ichingizda yoki
pichirlab talaffuz qilmang.
Hamisha baland ovozda o'qing.
*Katta ishlarga qodir odamlar kichik
ishlarni albatta eplaydi.
MIYAMOTO MUSASI
*Pastdan yuqoriga chiqish hech qachon oson
bo'lmaydi.
*Birinchi qadamni qo'yishda shoshilmaslik
va ehtiyot bo'lish darkor.
*So'zlarni ilk davrda qanday talaffuz
qilgan bo'lsangiz, shunday muhrlanadi.
*Tinglash- yozuv va talaffuzdagi farqni
ajratishga yordam bersa, baland ovozda takrorlash yodlab qolish va chiroyli
talaffuz qilishda yordam beradi.
*Hamma yurayotgan va juda kam samara
beradigan yo'llardan qochish va ko'nikmaga aylanib qolgan siyqa usullardan
ehtiyot bo'lish kerak.
*Daholar ergashmaydilar, daholarga
ergashadilar!
*Til o'rganish- ilhom, qobilyat, san'at
degani, aslo ilm emas!
*Hech qachon o'zingini o'zingiz aldamang.
*Bir kunda kuchingiz qanchaga yetsa,
shuncha shug'ullaning.
*Har kuni o'zingizga imtihon topshiring.
*Nimani astoydil qidirsangiz, albatta topasiz.
*O'zingizga javob berolmasangiz tilni tinch
qo'ying.
*Biror tilni, masalan, ingliz tilini
o'rganayotgan odam inglizcha ajablanishi, savolni ham inglizcha ohangda
tasdiqlashi yoki inkor etishi kerak.
*Matn o'qiyotgan paytda baland ovoz
uyquchanlikni yengishga ko'mak bera oladi.
*Dangasa miyaga yengilmaslik uchun
harakatlarimizga erkinlik berishimiz lozim.
*Tilni harakatsiz, o'tirgan holda
o'rganmagan ma'qul.
*Biror mashg'ulot paytida qattiq uyqu
bosaversa, 20 daqiqa mizg'ib olish mumkin.
*Siz o'zga tildagi so'z turkumlarining
nomlarini, kelishiklar, qo'shimchalar, ilmiy atamalar bilan miyangizni
to'ldirmagan holda ham o'sha tilni muvaqqatli o'rgana olasiz.
*Lekin grammatik jadvallarga bir ko'z
yugurtirib chiqishning zarari yo'q.
*Grammatika tildan yaralgan, til
grammatikadan emas!
*O'z tilingizda gapiradigan odamlar bilan
muloqotni kamaytiring.
*Til o'rganish davrida o'zingizni
rohiblardek tuting.
*Kim qancha ko'p til bilsa, o'shancha ko'p
hayotlarda yashaydi.
*Diqqatni jamlay olmaslik bizning asosiy
dushmanimizdir.
*Tahsil olish paytida har 30-40 daqiqadan
so'ng peshonani va quloqlarni albatta uqalab turing.
*Tushunmay qolgan so'zlarni o'tkazib
yubormang.
*Chet tilini o'rganishning asosiy
shartlaridan biri- o'qish.
*Faqat o'zingizga qiziq bo'lgan kitob
o'qing.
*Iloji bo'lsa katta hajmli asarlarni
o'qing.
*Lug'atdan foydalanishni keskin
kamaytiring.
*Komputerdan o'qishni maslahat bermagan
bo'lardim.
*Asarda ilgari surilgan g'oyani to'liq
anglashga harakat qiling.
*O'qilgan asar haqida taasurot va
xulosalaringizni yozib qo'ying.
*Tarjima orqali biror-bir tilni o'rganib
bo'lmaydi.
*Ishni shunday tashkillashtirish kerakki,
toki qisqa vaqtlar ichida o'rganuvchi boshlagan ishining kichik bo'lsa ham
natijasini ko'rib quvona olsin.
*Sizning birgina hamkoringiz bor, u ham
bo'lsa o'zingiz!
*Hech qachon boshqalardan maqtov yoki
rag'bat kutmang.
*Shuni unutmangki, ot minishni o'rganish,
otning qimmat yoki arzonligiga bo'gliq emas.
Agar biror izoh kerak bo'lsa yoki
tushunmovchilik kelib chiqsa, komment yozib qoldirishingiz mumkin.
0 Fikr va mulohazalar.:
Post a Comment