
Internetda foydalanuvchilarning 15 % i o'zlari ham bilmagan holda uning "to'ri"ga ilinganlar. Ular orasida nafaqat yolg'iz va o'ziga ishonmagan O'SMIRlar, balki kattalar ham bor. Bu toifadagi insonlar yana internet tarmog'iga kirishni intiqlik bilan kutadilar, axir bu yerda muammolar yo'q, seni doim tinglashadi...
Inson internet tarmog'idagi muloqot davomida suhbatdoshi haqida 35% ma'lumot oladi xolos. U haqidagi tasavvurlarning 65% i esa qorong'uligicha qoladi.
TOBELIKNING SABABLARI
Internet domiga tushish turlicha yuz beradi. Hammadan ko'proq tobelikka quyidagilar sabab bo'ladi:
-Onlayn o'yinlar: odamlar bilan huddi komputerda o'ynagan kabi o'ynash mumkin (bunda insoniy xissiyotlar yo'qolib boradi).
- Forum va jamiyatlar: qiziqishlari bitta bo'lgan kishilar bilan qarindoshdek yaqin bo'lib ketishadi.
-Chatlar: Notanish kishilar bilan suhbatlar o'zgacha huzur baxsh eta boshlaydi.
ASOSIY BELGILARI
Inson o'zining internetdan shunchaki foydalanib qolmay, onlayn hayotda yashayotganini qanday bilish mumkin? Internet to'riga ilinganlikning asosiy belgilari quyidagilar:
-Agar tarmoqqa bir kunda 3martadan ko'p kirsa;
- Ovqatlanish vaqti sezilarli kamaysa;
- Yaqinlari unga internetda uzoq o'tirishdan arz qila boshlasa;
- Shaxsiy uchrashuvlardan ko'ra onlayn muloqotlari ko'paysa;
- Navbatdagi onlayn-sessiyani kutish zavq bera boshalsa;
- Kechki ovqatlanishni, uy ishlarini bajarishni keyinga qoldirsa;
- Tarmoqqa kirolmagan vaqtda asabiylasha boshlasa;
- Tarmoqqa sirli ravishda, hech kim yo'zligida kirish istagi tug'ila boshlasa.
BUNING ZIYONLARI
-Eng birinchi o'rinda internetdan ko'p foydalanish iqtisodiy tomondan anchagina chiqimni keltirib chiqaradi.
- Qimmatli vaqtingizni ko'kka sovurgan bo'lasiz. Shuni unutmangki, har bir narsaning o'z hisobi, javobgarligi bo'ladi.
- Sog'lig'ingiz yomonlashadi: ko'rish qobiliyati pasayadi, umurtqada qiyshayishi va mushaklardagi og'riqlar, yurak qon-tomir kasalliklari...
- Real hayotdagi muloqot layoqati yo'qola boshlaydi va hokazo.
QARSHI KURASHISH USULLARI
Avvalo sizda yuqoridagi belgilar topilgan bo'lsa, yoki buni o'zingiz sezgan bo'lsangiz, zudlik bilan tobelik kuchayib ketishini oldini oling. Buning uchun:
- Real hayotdagi yaqinlaringiz, do'stlaringizga bo'lgan e'tiboringizni kuchaytiring, ular bilan ko'proq real muloqotda bo'ling.
- O'zingizga biror qiziqarli mashg'ulot toping, kitob o'qing, biror hobbiy bilan mashg'ul bo'ling, va hokazo.
- Kundalik tuting va unga qiladigan real ishlaringizni qat'iy belgilab oling.
- internetdagi vaqtingizni aniq qilib belgilab oling, kun sayin ushbu vaqtni kamaytirib oling. Ma'lum vaqtga budilnik, yoki ovozli signal belgilang.
- Hayotingizda tez-tez internetsiz kunlarni o'tkazib turing, shu usulda sabringizni sinang. Internetsiz yashay olishni o'zingizga ko'rsatib qo'ying.
- Agar internetdagi yaqinlaringizdan, do'stlaringizdan voz kechishga ko'zingiz qiymasa, ular bilan real hayotda munosabatingizni davom ettiring.
0 Fikr va mulohazalar.:
Post a Comment